Yaponiyada zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 30 nafarga yetdi

    Zilzila oqibatida kamida 30 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi, avvalroq yetti kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

    Bu haqda Bosh vazir Sanae Takaiti jurnalistlarga ma'lum qildi.

    U halok bo'lganlar yoki bedarak yo'qolganlar haqida xabarlar yo'qligini ta'kidladi.

    “Biz odamlarning odatiy kundalik hayotlarini davom ettirishlarini xohlagandik, ammo kuchli aftershoklar bo'lgan taqdirda darhol evakuatsiya qilishga tayyor edik”, deb aytdi u, shuningdek, keyingi hafta davomida ham ana shunday xushyor bo'lish kerakligini ta'kidladi.

    8-dekabr kechasi Yaponiyaning shimoliy Aomori prefekturasining sharqida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila epitsentri Tinch okeanida, 50 kilometr chuqurlikda bo'lgan. Mahalliy seysmologlar dastlab 7,2 magnitudali zilzila haqida xabar berishgan, ammo keyinchalik uni 7,6 ga oshirgan. Keyinchalik, Xokkayjo oroli qirg'oqlarida yana bir kuchli zilzila qayd etildi, uning magnitudasi 6,7 edi, deb xabar berdi report.az.