Zilzila soat 11.00 da Yaponiyaning Idzu arxipelagining janubidagi Torisima oroli yaqinida sodir bo'lgan. Zilzila o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Taxminlarga ko'ra, tsunami balandligi 1 metrni tashkil qiladi. Meteorologlarning ogohlantirishicha, hatto bir metr balandlikdagi to'lqin ham odamlar uchun xavfli sanaladi. NHK telekanali o'z ko'rsatuvlarini to'xtatib qo'ydi va efirni arxipelag orollaridan olib bormoqda. Aholi sohilga yaqinlashmaslikka chaqirilmoqda. Dengiz yaqinida bo'lganlar zudlik bilan balandroq joyga ko'tarilishlari kerak, shuningdek, mazkur hududda qarindoshlari va do'stlari bo'lsa, bu haqda ogohlantirishlari lozim. Eng xavfli hududlar – bandargoh va daryo bo'ylari hisoblanadi. Taxminlarga ko'ra, birinchi to'lqin orol qirg'og'iga 11.30-12.00 oralig'ida yaqinlashadi, deb xabar beradi ria.ru.