Yaponiyada zilziladan jabrlanganlar soni 13 nafarga yetdi

    Yaponiyaning Kyusyu oroli yaqinida sodir bo'lgan kuchli zilzila tufayli 13 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Kiodo agentligi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga tayanib.

    Avvalroq to'qqiz kishi jabrlangani haqida xabar berilgan edi.

    8-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 16.43 da Kyusyu orolining janubi-sharqiy sohilida kuchli zilzila sodir bo'ldi. Zilzila o'chog'i Tinch okeanidagi Xyuga-Nada dengizida, 30 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila magnitudasi dastlab 6,9 ball deb belgilangan bo'lsa, keyinchalik 7,1 ballga ko'tarildi. Besh magnitudali silkinishlar Miyazaki va Kagosima prefekturalarida ham sezildi. Kyusyu orolining sharqiy qirg'oqlari hamda Sikoku orolining g'arbiy va janubiy qirg'oqlari uchun sunami haqida ogohlantirish e'lon qilindi.

    Zilzila tezyurar poyezdlar harakatining vaqtinchalik to'xtab qolishiga olib keldi. Yaponiya OAVlarining xabar berishicha, Kyusyuda uylarning qisman vayron bo'lgani va tosh qulashi qayd etildi, deb xabar beradi ria.ru.