Yaponiyada zilziladan keyin sunami xavfi e'lon qilindi

    Yaponiyaning Isikava prefekturasida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

    Zilzila o'chog'i Noto yarim oroli hududida joylashgan bo'lib, manba 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan, deb xabar berdi mamlakat milliy meteorologiya departamenti.

    Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q. Sunami xavfi e'lon qilindi, ammo zilziladan bir necha daqiqa o'tgach, u bekor qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.