Yaponiyadagi atom elektr stansiyasidan bug' sizib chiqdi

    Yaponiyaning Fukui prefekturasida joylashgan “Takaxama” AESining turbinali uchastkasi quvurlaridan birida bug' sizib chiqdi. Bu haqda Kansai Electric Power energetika kompaniyasi ma'lum qildi.

    Hodisa oqibatida stansiya va uning atrofida radiatsiya darajasining ortishi kuzatilmagani ta'kidlanmoqda. Aytilishicha, bu stansiya faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatmagan. Hozirda energetika kompaniyasi mutaxassislari hodisa sabablarini o'rganmoqda.

    Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, sizib chiqishni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha texnik ishlar olib borilayotgan davrda stansiya tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi 40 foizga qisqaradi, deb xabar beradi tass.ru.