Bir kun oldin OAV 213 kishining o‘limi haqida xabar bergan edi. Zilzila oqibatida 567 kishi jabrlangani, yana 37 kishi bilan bog‘lanib, ularning xavfsiz ekanligini tasdiqlash imkoni bo‘lmagani maʼlum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning birinchi kunida Yaponiyaning g‘arbiy sohilidagi Ishikava prefekturasining Noto yarim oroli hududida bir qator yirik zilzilalar ro‘y berdi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali edi.