Ushbu memorandumga muvofiq shaharda “Zarafshan-Uchiyama System” MCHJ xorijiy korxonasi taʼsischiligida “Axborot texnologiyasi akademiyasi” tashkil etildi.
Ayni soatlarda mazkur taʼlim muassasasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi Gʻayrat Fozilov (onlayn), Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov, “Beeanz Inc.” kompaniyasi direktori Uchiyama Sutomu va yaponiyalik mutaxassislar (onlayn) ishtirok etdi.
Ushbu IT Akademiyasida 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni oʻqitish hamda yosh dasturchilarni tayyorlash koʻzda tutilgan.
Hozirgi kunda 200 nafar oʻquvchi akademiyaga qabul qilingan. Yaqin kunlarda ularga dasturlash boʻyicha yaponiyalik mutaxassislar tomonidan darslar oʻtila boshlaydi.