Olimlar Tokio shimolida joylashgan Ibaraki prefekturasidagi JT-60SA nomli keng ko'lamli yadro sintezi eksperimental inshootida materiya holatini yaratishga muvaffaq bo'lganliklarini qayd etishdi. U Yaponiya va Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda qurilgan bo'lib, uning narxi taxminan 435 million dollarni tashkil etadi.

Yadro sinteziga erishish uchun “plazma” 100 million darajadan yuqori haroratga yetishi, yadrolar esa soniyasiga ming kilometr tezlikda to'qnashishi kerak.

Institut mutaxassislari endi atigi 10 million daraja haroratga ega “plazma” yaratishi mumkinligini aytishdi. Qariyb besh yil davomida ular “plazma”ni Selsiy bo'yicha 100 million darajada 100 soniya davomida ushlab turish uchun zarur bo'lgan texnologiyani ishlab chiqishga harakat qilishdi.

Sun'iy ravishda yaratilgan yadro sintezi karbonat angidridni chiqarmaydigan va yuqori darajadagi radioaktiv chiqindilarni hosil qilmaydigan yangi avlod energiya manbasiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.