Qurilmaning balandligi bor-yo'g'i 5,77 santimetrni tashkil etadi, bu avvalgi rekordchidan deyarli uch barobar kichik.
Elektron gumanoid ixtirochisi Mitsuya Tatsuxiko Nagoya texnologiya instituti aspirantidir. U o'zining birinchi robotini 10 yoshida yasagan – bu qo'llari va oyoqlarini harakatga keltiradigan oddiy qurilma edi. O'rta maktabda yigit robototexnika masalasida tanaffus qildi, ammo universitetga o'qishga kirgach, u yana shu sevimli mashg'uloti bilan shug'ullandi. Bir kuni u Yaponiyada eng kichik odamsimon robot ixtiro qilingani haqidagi maqolani o'qidi, lekin keyinchalik bu rekord yangilandi. Keyin Tatsuxiko unvonni o'z mamlakatiga qaytarishga qaror qildi, deb xabar beradi mir24.tv.
U robotning qismlarning parallel ulash hisobiga uning o'lchamini imkon qadar qisqartirishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar beradi Ginnesning rekordlar kitobi sayti.