YAponiyalik tennischi Naomi Osaka eng ko'p maosh oladigan ayol sportchiga aylandi

    Sport 25 May 2020 1258

    Forbes ma'lumotlariga ko'ra, tennischi Naomi Osaka so'nggi bir yil ichida 37,4 million dollar ishlab topib, eng ko'p maosh oladigan ayol sportchiga aylandi.

    22 yoshli tennischi o'zining g'aroyib yutuqlari va mukofot pullari bilan so'nggi 12 oy ichida Serena Uil`yamsdan 1,4 million dollar ko'proq pul ishlagan.

    Uil`yams so'nggi to'rt yil ichida eng ko'p maosh oluvchi ayol sportchi bo'lib qolayotgandi, u yiliga 18 milliondan 29 million dollargacha pul ishlagan.

    SHuningdek, Osaka Mariya SHarapovaning rekordini ham yangiladi. SHarapova 2015 yilda 29,7 million dollar pul ishlab topib, bir yil davomida eng ko'p haq olgan ayol sportchi deya e'tirof etilgan.