Shu paytgacha raketa yetti bor havoga ko'tarilgan. Bu esa raketaning ikkinchi bor halokatga uchrashidir. 

22-dekabr kuni Tanegashima kosmodromidan amalga oshirilgan Yaponiyaning H3 raketasining uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Raketa orbitaga Michibiki 5 navigatsiya sun'iy yo'ldoshini joylashtirishi kerak edi. Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) ma'lumotlariga ko'ra, parvoz davomida ikkinchi dvigatelni ishga tushirishning rejalashtirilgan ikkinchi bosqichi amalga oshmadi. Oqibatda dvigatel muddatidan oldin ishdan chiqdi va sun'iy yo'ldosh belgilangan orbitaga chiqa olmadi. Uchirish rasman muvaffaqiyatsiz deb e'lon qilindi, deb xabar berdi korrespondent.net.