Yaponiyaning Kairos-2 raketasi xususiy kosmodromdan uchirildi

    Space One kompaniyasining Yaponiyaning xususiy Kairos-2 raketasi ob-havo sharoiti tufayli uchirilishi bir necha bor ortga surilib, Yaponiyaning Vakayama prefekturasidagi xususiy Spaceport Kii kosmodromidan havoga ko'tarildi va o'zining YouTube kanalida namoyish etildi.

    Kairos-2 – uzunligi 18 metr va og'irligi 23 tonna bo'lgan qattiq yonilg'ida ishlaydigan kichik raketa. Raketa bortida beshta kichik sun'iy yo'ldosh mavjud bo'lib, ular taxminan 500 kilometr balandlikka ko'tarilgach, 50 daqiqadan so'ng ajratilib, orbitaga chiqarilishi rejalashtirilgan.

    Agar sun'iy yo'ldoshlar muvaffaqiyatli uchirilib, ma'lum bir orbitaga joylashtirilsa, bu mamlakatda xususiy biznes tomonidan sun'iy yo'ldoshning birinchi muvaffaqiyatli uchirilishi bo'ladi.

    Kairos-2 raketasining ilk uchirilishi 9-martga belgilangan edi, biroq yakuniy hisob-kitoblardan keyin raketa uchmadi. 15 daqiqadan so'ng yana bir urinish amalga oshirildi, ammo shunga qaramay, raketa qo'zg'almadi, shundan so'ng uchirish 13-martga qoldirildi. 13-mart kuni qayta ishga tushirilganda, raketa uchirilgandan bir necha soniya o'tib havoda portladi, deb xabar beradi ria.ru.