Dushanbadan beri Yaponiyada turli darajadagi 300 dan ortiq zilzila sodir bo'ldi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali edi. Mamlakatning butun g'arbiy qirg'oqlari uchun tsunami xavfi 20 soatdan ortiq davom etdi. Zilzila 1885 yildan beri Yaponiyaning bu qismida sodir bo'lgan eng kuchli zilzila bo'ldi. Seysmologlarning ogohlantirishicha, bu hududda keyingi yer silkinishlari taxminan bir hafta davom etadi va 7 balldan yuqori bo'lgan yangi kuchli zilzilalar sodir bo'lish xavfi bor. Mahalliy aholi o'ta hushyor bo'lishga, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va rasmiylarning rasmiy xabarlariga amal qilishga chaqiriladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiyada sodir bo'lgan ketma-ket zilzilalar oqibatida kamida 62 kishi halok bo'ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Zilzilalar Isikava prefekturasida katta vayronagarchiliklarga olib keldi, deb xabar beradi tass.ru.