Telekanal ijodiy guruhi Yaponiya xalqini Oʻzbekistondagi turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent va Samarqand shaharlari, Zomin va Boʻstonliq tumanlaridagi turizm infratuzilmasi, sayyohlik maskanlari, boy madaniy merosimiz, hunarmandlar ijodi va xorijiy mehmonlar uchun mahorat darslari toʻgʻrisida lavhalar tayyorlayapti.
Koʻrsatuvda hozirda yurtimizda sayohat qilib yurgan Yaponiyalik turistlar ham Oʻzbekiston turizm salohiyati yuzasidan fikrlari bilan boʻlishyapti, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.