Yaponiyaning Ogasavara orollari yaqinida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi

    Tinch okeanida Yaponiyaning Xonsyu oroli qirg'oqlaridan 700 kilometr uzoqlikda joylashgan Ogasavara orollari yaqinida 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi.

    Bu haqda Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, zilzila Xamamatsu shahridan (Sidzuoka viloyati) 873 kilometr janubi-sharqda sodir bo'ldi. Uning manba 566 kilometr chuqurlikda joylashgan.

    Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q. Sunami xavfi e'lon qilinmadi, deb xabar beradi report.az.