Uchrashuvda AKT sohasida oʻzaro hamkorlik qilish, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va rejalar toʻgʻrisida gaplashildi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda axborot-kommunikawiya texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Davlatimiz rahbari 14-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va 2022-yilga moʻljallangan vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish doirasida Oʻzbekistonni hududiy IT-markazga aylantirish vazifasini qoʻygan edi.
Shu maqsadda AKT vaziri Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yoʻnalishini asosiy drayver sohaga aylantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib oʻtdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlashdan iborat ekanligini qayd etdi.
Oʻz navbatida, nafaqat yapon kompaniyalarining Oʻzbekistonda faoliyat yuritishi balki oʻzbek IT kompaniyalarining Yaponiya kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik olib borishlari maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Uchrashuv soʻngida ikki tomon rahbarlarining oʻzaro hamkorlik qilish borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi. Kelgusida manfaatli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha masalalar gaplashib olindi.
Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: CICC Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi koʻmagida IT -professional ishlanmalar va axborot texnologiyalari xizmatlarini oʻtkazishga bagʻishlangan korporativ jamgʻarmadir. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Osiyo mamlakatlaridagi hukumat, sanoat va jamiyatda IT dan foydalanishni ragʻbatlantirishdan iborat boʻlib, ularning infratuzilmasi, xavfsizligi, iqtisodiyoti boshqa barcha elementlarni yanada yaxshilashni oʻz ichiga oladi.