Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi birinchi kotibi Sintaro Kavasima va mazkur davlatning “JETRO”, “Itochu Corporation”, “Mitsubishi Corporation”, “Sumitomo Corporation”, “Marubeni Corporation”, “Toyota Tsusho Corporation”, “Iryu & Itoga” va “JOGMEC” kabi nufuzli korporatsiya vakillari Qashqadaryo viloyatida bo'lishdi.
Bunda tomonlar savdo, energetika, elektrotexnika, geologiya, kimyo, transport, turizm, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va xizmat ko'rsatish sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Viloyatning investitsiya salohiyati haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.