Yaqin kelajakda Chirchiq shahri qiyofasi tubdan oʻzgaradi

    Keyingi paytlarda Chirchiq shahridagi bunyodkorlik ishlari koʻlami ancha ortdi. Shunga mos ravishda, shaharning meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgarib bormoqda.

    Bugun Chirchiq shahar hokimi D.Hidoyatov hamda shahar hokimining oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Sh.Shorahmedov Rossiya Federatsiyasining “Polis” dizayn byurosi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildishdi.

    Uchrashuv davomida “Polis” dizayn byurosi tomonidan Chirchiq shahri koʻrinishini tubdan oʻzgartirish hamda obodonlashtirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

    Uchrashuvda bir qator kelishuvlarga erishilib, shaharning kelajakdagi qiyofasi borasida bir qator takliflar oʻrtaga tashlandi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.