Natijada, atmosfera havosida ifloslovchi moddalar va mayda zarrachalarning (PM2,5/PM10) toʻplanishi kuzatilishi mumkin, bu esa havo ifloslanishi koʻrsatkichlarining oshishiga olib keladi. Bu jarayon 3 kun davomida saqlanib turadi.
Soʻng antitsiklonning taʼsiri kuchayib boradi va 16–17-yanvar kunlariga kelib respublika boʻylab deyarli barcha hududlarda havo harorati pasayadi. Kunduzgi haroratlar ham pasayib, tungi va ertalabki soatlarda sovuq kuchayadi.
Shu bilan birga, antitsiklon natijasida yogʻingarchilik boʻlishi ham prognoz qilinmoqda. Ayrim hududlarda yomgʻir yoki qor koʻrinishida qisqa muddatli yogʻingarchiliklar qayd etiladi.
Yogʻingarchiliklar va shamol natijasida atmosferada toʻplanib qolgan mayda zarrachalar yuvilishi hamda atmosfera havosi sifati yaxshilanishiga bir oz muddat sababchi boʻlishi kutilmoqda.