Xabar berilishicha, shu yilning 26-iyun kuni Xitoyning “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan oʻnminginchi avtobus oʻzining munosib foydalanuvchisiga topshirildi.
Marosimga Markaziy Osiyo davlatlaridan jamoat transporti sohasiga aloqador idora va tashkilot vakillari, xodimlari tashrif buyurdi.
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatidan masʼul xodimlar ham ushbu tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, oʻnmingginchi avtobusni xarid qilishga muvaffaq boʻldi.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda Toshkent shahriga “Yutong Co. Ltd.” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200 dona yangi elektrobuslar olib kelinishi kutilmoqda.









