Lekin, oʻtgan yili oliy taʼlimda eksport atigi 26 million dollarni tashkil qilgani imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Oliy taʼlim vazirligiga “Top-1000”talikka kirgan 2 ta oliygoh bilan cheklanib qolmasdan, yaqin yillarda ularni 10 taga yetkazish choralarini koʻrish topshirildi.
Oʻtgan yili 15 ta madaniyat markazi xususiy sektorga berildi. Tadbirkorlar 86 milliard coʻm investitsiya kiritib, 1,5 mingdan ziyod madaniy tadbir tashkil qildi.
Vazirlik tizimidagi yana 120 ta madaniyat va sanʼat markazi boʻsh turibdi. Shu munosabat bilan madaniyat vaziriga markazlarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida xususiy sektorga berishni tashkillashtirish topshirildi.
Yigʻilishda hudud rahbarlari va vazirlarning hisoboti tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribasi koʻrib chiqildi.