Yaralarni bildirmaydigan sun'iy teri yaratildi

    “Noyob mato” ogʻriqli joyni mexanik shikastlanish va zararli infeksiyalardan toʻliq himoya qiladi.

    Teridagi yaradan xijolat tortib, aksariyat holda noqulay holatda qolamiz. Hatto bir-ikki kun tashqariga chiqmaymiz. Aptekadan maxsus yopishtiradigan qogʻozni olib yopishtirib olishni ham oʻylaymiz-u, hammaning eʼtiborini tortishdan yana xijolat boʻlamiz.

    Rossiyalik olimlar yaralarni berkitishi mumkin boʻlgan sunʼiy teri yaratdilar. “Noyob mato” ogʻriqli joyni mexanik shikastlanish va zararli infeksiyalardan toʻliq himoya qiladi. Sunʼiy teri havo va suv bugʻlarining oʻtishiga imkon beradi, shuning uchun yara juda nam yoki oʻta quruq holatga kelib qolmaydi.

    Sunʼiy teri qoʻllanilgandan soʻng, uning hujayralari yaraga oʻtishni boshlaydi. Ular teri hujayralari bilan aralashib, kollagen ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Keyin shifokorlar doimiy ravishda yarani bogʻlashlari shart emas. Muhimi shundaki, bemor mustaqil ravishda ularni toʻgʻridan-toʻgʻri lateks plyonkasiga surib, malhamlardan foydalanishi mumkin.