Kecha U-23 Osiyo Kubogi bellashuvlari chorak finalining soʻnggi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Janubiy koreyalik futbolchilar kutilmaganda yaponiyalik tengdoshlariga 3:0 hisobada yutqazib qoʻyishdi. Saudiya Arabistoni termasi esa Vyetnam yoshlarini 2:0 hisobida yengdi.
Shunday qilib, barcha yarim finalchilar aniq boʻldi. Endi Oʻzbekiston termasi Yaponiya bilan, Saudiya Arabistoni futbolchilari esa Avstraliya bilan finalga chiqish uchun kurash olib boradi.