Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, holat joriy yilning 3-iyul kuni taxminan soat 23:00larda Sergeli tumani Qoʻyliq-5 dahasida sodir boʻlgan. Oʻzaro tanish boʻlgan K.F., B.A., T.J., F.R. va I.U. ogʻzaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketishgan. Janjal oqibatida uch kishi tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki ogʻir jarohat olganlar yoʻq.
Holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumondor shaxslar ushlangan. Tergov davom etmoqda.