Yarim tunda qoʻl yuvmoqchi boʻlgan fuqaro kanalga tushib ketdi

    Qoʻl yuvaman deb "Bo‘rijar" kanaliga tushib ketgan fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.

    Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

    Shu yilning 23-iyul kuni tungi soat 01:56 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bahodir koʻchasidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanaliga bir fuqaro qoʻlini yuvish maqsadida borib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi va uni olib chiqishda amaliy yordam soʻrab FVBga xabar tushdi.

    Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni sogʻ salomat suvdan olib chiqdi.

    Shundan soʻng, fuqaroga tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

    Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.