Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “H.B.” MCHJ norasmiy vakili G.ga yaroqlilik muddati oʻtganligi sababli “G.” MCHJ tomonidan qaytarilgan jami 1 000 dona “Prometey” nomli dori vositasini “H.B.” MCHJga qaytarmasdan, shundan 269 donasini sotib yuborib, qolgan 731 dona yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini oʻzi yashab kelayotgan xonadonda saqlab kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.