Reyting hududlardagi ijtimoiy osoyishtalik, sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, atrof-muhit va infratuzilmaviy qulayliklar kabi yo'nalishlarga oid 37 ta ko'rsatkichni o'zida jamlagan kompozit indeks
asosida tuzilgan bo'lib, 2020-2021-yillar uchun hisoblandi.
Tahlil natijalariga ko'ra, Toshkent shahri (reyting ko'rsatkichi 65), Buxoro (57), Navoiy (49) va Farg'ona (48) viloyatlari 2021-yilda O'zbekistonda yashash uchun eng qulay hududlar bo'lgani aniqlandi.
Reytingda Farg'ona viloyati 7-pog'onadan 4-pog'onaga ko'tarilgan, Andijon viloyati 5-pog'onadan 6-pog'onaga tushgan.