Anglashuv memorandumi vodorod va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohalarida texnologiya, tajriba, axborot va inson resurslarini almashish orqali tomonlarning oʻzaro manfaatlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan. Memorandum, shuningdek, ekologik toza energiyaga oʻtish, vodorod va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohalarida qoʻshma ilmiy va innovatsion loyihalar doirasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni koʻzda tutadi.
“Ushbu Memorandum, ikki davlat oʻrtasidagi uzoq yillar davomida rivojlanib kelayotgan umumiy aloqalarni qoʻllab quvvatlash va keyingi bosqichga olib chiqishiga, bunda, butunjahon hamjamiyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan yashil iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda koʻmak boʻlishiga ishonamiz”, — deydi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Axmedxadjayev.
Memorandum doirasida Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining Vodorod markazini rivojlantirish choralari koʻriladi, deb xabar beradi
Energetika vazirligi matbuot xizmati.