Yil boshidan qancha xonadon qurilib, foydalanishga topshirilgani maʼlum qilindi

    “Yashil” energetikadagi islohotlar natijasida hozirgacha ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt “yashil" energiya olindi.

    Bu yarim milliard kub metr gazni tejash imkonini berdi.

    Shu yilning oʻzida mahallalarni obod qilish, bogʻcha, maktab, tibbiyot, yoʻl, suv, elektr kabi infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan 31,5 trillion soʻm ajratildi. Bunga yana 1,5 trillion soʻm ajratilishi belgilandi.

    Yil boshidan 18 ming 600 ta yangi xonadon qurilib, foydalanishga topshirildi.

    Oʻtgan olti oyda 26 mingta oilaga 7 trillion soʻmga yaqin ipoteka krediti ajratildi. Ular boʻyicha boshlangʻich toʻlov va foizni qoplash uchun 545 milliard soʻm subsidiya berildi.