“Yashil” hududlarda “Yoshlar kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda

    Sport 28 Iyun 2020 1454

    Bugun yurtimizning “yashil” hududlarida “Yoshlar oyligi” doirasida sportning stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan yoshlar oʻrtasida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

    Jumladan, mazkur buyruqning ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan “yashil” hududda joylashgan Yangiyer shahar bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda viloyat futbol mahorat maktabi sport inshootlarida “Yoshlar kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

    Mazkur sport tadbiri karantin qoidalariga asosan ochiq sport maydonlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda tashrif buyuruvchilarning sonini cheklash shartlari asosida oʻtkazildi. “Yoshlar kubogi” musobaqalariga 100 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
    Matbuot xizmati