“Yashil loyiha”lar ulushini kelgusi 5 yilda 5 barobarga oshiriladi

    Davlatimiz rahbari ramziy dastakni bosib, yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangi loyihalar qurilishiga start berdi.

    “Yashil energetika” boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanmoqda. Xususan, aholi va mahalliy tadbirkorlar sohaga katta qiziqish bildirmoqda.

    Bunday korxonalarni ragʻbatlantirish maqsadida hududlarni rivojlantirish dasturlarida “yashil loyiha”lar ulushini kelgusi 5-yilda 5 barobarga oshiriladi.

    Bu borada texnikumlarda sanoat korxonalari bilan dual taʼlim tizimi, 5 ta oliygohda ilgʻor muhandislik maktablari tashkil etilmoqda.

    Shuningdek, energetika, metallurgiya, kimyo, elektrotexnika sohalarida nufuzli kompaniyalar bilan birga izlanish va rivojlantirish yoʻnalishida hamkorlik kengaytiriladi.

    «Barchangizga ishontirib aytmoqchiman: Yangi Oʻzbekiston – investitsiyalarni har tomonlama kafolatlaydigan, sizlarning barcha loyiha va tashabbuslaringizni toʻla qoʻllab-quvvatlaydigan, xorijiy hamkorlarimiz manfaatlarini himoya qiladigan dunyoga ochiq mamlakatdir», — dedi Prezident soʻzining yakunida.

    Davlatimiz rahbari ramziy dastakni bosib, yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangi loyihalar qurilishiga start berdi.