Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 23-yanvardan 22-iyulga qadar oʻtkazilgan oʻrganish davomida Uchquduq tumanida 10 nafar, Konimex tumanida 7 nafar, Navbahor tumanida 6 nafar, Karmana tumanida 5 nafar, Qiziltepa tumanida 5 nafar, Tomdi tumanida 5 nafar, Xatirchi tumanida 5 nafar, Zarafshon shahrida 4 nafar, Nurota tumanida 3 nafar, Navoiy shahrida 2 nafar, Gʻozgʻon shahrida 1 nafar masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2023-yil kuzi va 2024-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt koʻchatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi, sugʻorilmaganligi, agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan 53 nafar masʼul shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 180 mln 200 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Ayni damda nafaqat Navoiy viloyati, balki butun respublika miqyosida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan koʻchatlar parvarishi yuzasidan oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda, — deyiladi xabarda.