“Yashil makon” elektron platformasida ochiqlik yanada taʼminlanadi

    “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-90-son, 30.05.2025-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi.

    urugʻchilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos oʻsimlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;
    davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan koʻchatlar hajmini 2 baravarga oshirish.

    2025-yil 1-oktyabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinadi:

    aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin boʻlgan aniq hudud, suv taʼminoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini koʻrsatish;
    oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta koʻchatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish.

    2025-yil 1-noyabrdan boshlab oʻrmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.