AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi Oʻktam Oʻtayevning maʼlum qilishicha, bahor mavsumida 139 mln tup daraxt ekilishi taʼminlangani toʻgʻrisida elektron platformaga kiritilgan.
Prokuratura organlari tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va bosh prokuratura oʻrtasida samarali idoralararo hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va daraxtlarni kesishga eʼlon qilingan moratoriy ijrosi oʻrganib borildi.
Aniqlangan holatlar:
- 541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod koʻchatlar hisobotlarga qoʻshib yozilgan
- 441 ta holatda 580 ming tup koʻchatlar sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan joylarga ekilgan
- 35 ta holatda yetkazib berilgan koʻchatlar oʻz vaqtida ekilmaganligi sababli 19 mingdan ortiq koʻchatlar nobud qilingan
- 7 232ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup koʻchatni komensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklandi.
Yadro fizikasi instituti bogʻi (255 gektar), “Darxon” ilmiy tajriba xoʻjaligi (29,6 gektar), “Bobotogʻ” va “Zarafshon” davlat oʻrmon xoʻjaliklari hududlari toʻliq nazoratga olinib, jami 50 ming tup koʻchat ekilishi taʼminlandi.