Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko'paytirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Prezident SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan “YAshil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash choralari ko'rib chiqilmoqda. Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Piskent tumanida bugungi kunda 15 ming 375 ta daraxt xatlovdan o'tkazilgan. Ularning aksariyatini ko'p yillik chinor va archalar tashkil etadi. ekologiya va atrof-muhit muhofazasi inspektsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, ular orasida 3 tup yuz yillik "faxriy" chinorlar ro'yxatga olingan. Bu daraxtlar YOshlar bog'ida, Bekobod va Murotali mahallasidadir.

Bir asrga teng va undan katta "yoshda" bo'lgan barcha daraxtlar davlat muhofazasiga olingan. Daraxtlarning navbatdagi inventarizatsiyasi (xatlovi) 2022 yilning bahorida, o'simliklarning vegetatsiya davrida bo'lib o'tadi. SHundan keyin qancha daraxt o'sishda davom etayotgani va qanchasi nobud bo'lgani ma'lum bo'ladi.

Ko'plab uzoq umr ko'radigan o'simliklarning ko'rinishi va holati daraxtlarga bo'lgan munosabatni belgilaydi. ekologik partiya tuman kengashi raisi M.Abdullajonovaning ta'kidlashicha, agarda daraxt biron bir muhofaza qilinadigan ob'ekt hududida joylashmagan bo'lsa, ko'p hollarda uning ko'rinishi yomon holatda bo'ladi. Tabiat yodgorliklari yaqinida reklama video ekranlarining o'rnatilishi tadbirkorlarning manfaatlari, afsuski, ko'p hollarda nomoddiy qadriyatlar, meros va bioxilma-xillikdan ustun ekanini anglatadi.

Bugungi kunda Piskent tumanidagi korxona va tashkilotlar hududlarida, mahallalarda, aholi xonadonlarida ko'kalamzorlashtirish ishlariga start berildi. Xususan, "Lolaariq" mahallasida daraxt ekish, parvarishlash va atrofni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha aniq choralar belgilandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, baxt indeksini belgilashda ekologik omillar ham etakchi o'rin tutarkan. O'lkada yashil olam qanchalik katta hududni egallasa, baxtlilik darajasi ham ortar ekan. SHunday ekan, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, bioxilma-xillikni asrash, “yashil olam”ni kengaytirish barchamizning vazifamiz.

SHunday ekan, yurtimiz bo'ylab e'lon qilingan, daraxt ekish, ko'kalamzorlashtirishga qaratilgan dolzarb 40 kunlikda faol qatnashish baxt darajasini oshirishga yana bir imkondir, deya xabar beradi Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.