Yashil texnologiyalarni joriy etishda Koreya tajribasi qoʻllaniladi

    Sanoat 25 Mart 2024 1012

    “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida Janubiy Koreyaning “GDM ECO” Co.Ltd. kompaniyasi ijrochi direktori Li Jang Yul boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

    “GDM ECO” – mahalliy va xalqaro miqyosda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga ixtisoslashgan boʻlib, sanoat korxonalariga moʻljallangan atmosfera havosini ifloslanishini nazorat qiluvchi uskunalarni ishlab chiqarish, oʻrnatish va loyihalash bilan shugʻullanadi.

    Uchrashuvda majmuaning Etilen ishlab chiqarish boʻlinmadagi Oltingugurt olish qurilmasi ish samaradorligini oshirish hamda Oqova suvlarni tozalash boʻlinmadagi suvlarni ikkilamchi maqsadda foydalanishga yoʻnaltirish boʻyicha oʻzaro fikrlar almashildi.

    Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida majmua atrofida “Yashil belbogʻ” yaratish, sanoat chiqindilardan ikkilamchi maqsadlarda foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ maʼlumotiga tayanib.