Dastlab tumanning “Semurg'” mahalla fuqarolar yig'iniga borildi. Bugungi kunda mazkur mahalladagi 1801 ta xonadon, 31 ta ko'pqavatli uyda 4 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Tashrif davomida mahallada 90 million so'm mablag' evaziga 100 kvadrat metr hududda qurilgan bolalar maydonchasida bo'linib, bu erda yosh avlod uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi.
Shundan so'ng, aholiga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida “SHirinobod” mahalla fuqarolar yig'inida osh damlanib, sumalak tashkil etildi. Sahna ko'rinishlari uyushtirilib, nogiron, kam ta'minlangan oilalarga sovg'alar tarqatildi.
Ayni paytda Nodira nomli mahalla fuqarolar yig'inidagi Nodirabegim ko'chasida joylashgan va ko'p yillarda beri foydalanilmayotgan 50 o'rinli “Otalar choyxonasi”da ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu erda nuroniylar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirilib, jihozlash ishlari bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.
“Behizor” mahalla fuqarolar yig'inida 3 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla hududidagi bo'sh turgan maydonda tikuv tsexi tashkil etish va xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash maqsadida 80 million so'm mablag' evaziga 10 ta zamonaviy tikuv mashinalari xarid qilingan. Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig'ini, tikuv tsexi faoliyati hamda ishsiz aholi qatlami bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Besh ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilayotgan “Asalobod” mahalla fuqarolar yig'inida umumxalq hashari yo'li bilan 130 nafar xodim va zarur texnikalarni jalb qilish orqali ekilgan 500 tup manzarali va mevali daraxt ko'chatlari, chiqindilardan tozalangan hududlar hamda tashlandiq erda yangi barpo etilayotgan futbol maydonchasi bo'yicha olib borilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.
Navro'z bayrami munosabati bilan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, bayramona kayfiyat ulashish maqsadida sovg'alar ulashildi. Aholi xonadonlariga kirilib, holidan xabar olindi, muammolari eshitildi.