Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.T.A.” xususiy korxonasi rahbari D.T. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va boshqalar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga imtiyozli shartlar asosida avtotransport vositalarini olib berishni vaʼda qilib, 72 nafar fuqaro bilan shartnoma tuzishga erishib, jami 362,3 mln soʻmni MCHJning hisob-raqamiga dastlabki toʻlov sifatida qabul qilishib, ushbu mablagʻlarni oʻzlarining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi, shuningdek, D.T. soliq hisobotlarida daromadlarini kamaytirib koʻrsatish orqali 137,7 mln soʻm soliq toʻlovlarini toʻlashdan qasddan boʻyin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.