Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.

Shu yilning 25-sentyabr kuni soat 18:30 larda Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi Ipoteka bank qarshisida “Lacetti” rusumli transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Yongʻin natijasida tan jarohat olganlar boʻlmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.