“Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJning tibbiy-sog'lomlashtirish punktida “Yaxshilik albatta qaytadi” shiori ostida donorlik aktsiyasi o'tkazildi.

Viloyatning Karmana tumanida og'ir betob bo'lib qolgan 2 nafar qizaloq uchun “Navoiy xalqaro aeroporti”  yoshlari ko'ngillilar qatorida tashabbus ko'rsatib, qon topshirishdi.

Viloyat qon quyish markazi xodimlarining sa'y harakati bilan  malakali shifokor nazorati, laboratoriya tekshiruvlari joyida tashkillashtirildi. Bu ish unumi va qulayligiga sabab bo'ldi va ishchi-xodimlarni ko'pgina ovoragarchiliklardan ozod qildi.