Yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

    Fuqaro E.Ch.ning Qashqadaryo viloyat IIB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

    Tadbirda S.O Qarshi tumani “Saroy” mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan tadbirkorga (S.O.ning otasi) “Zamonaviy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasi qurish uchun” ajratilgan jami 0,50 gektar yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan, bo‘sh yer maydonini kelgusida tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan holda 250 mln. so‘mga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 230 mln. so‘mini E.Ch.dan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan S.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.