Yerosti metrosi qurilishi narxidan 10 barobar arzon

    Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib relslar bilan kontakt qilmaydigan magnit podveskali poyezdni ishga tushirdi.

    Poyezd yerdan 10 metr balandlikda 80 km/soat tezlikda harakatlanadi va 88 yo‘lovchini tashishga qodir. Eksperimental trassaning uzunligi 800 metrni tashkil qiladi.

    Poyezd harakatlanishi uchun oz miqdorda elektr energiyasi talab qilinadi va poyezdni harakatga keltiradigan magnitning yaroqlilik muddati asrlarni tashkil qiladi. Bunday yo‘lni qurish narxi yer osti metrosini qurish narxidan o‘n baravar arzon.