Aniqlanishicha, iPhone va iPad-larga o‘rnatiladigan kontaktsiz to‘lov modulidan faqat Apple Pay tizimida foydalanish mumkin. Shuning uchun kompaniya bu sistemadan foydalanuvchi do‘kon va saytlarga shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.
Yevrokomissiya fikriga ko‘ra, pandemiya va karantin davrida kontaktsiz to‘lov tizimiga ehtiyoj sezilarli darajada ortgan.
Shuningdek, Bryussel App Store do‘konlari sotuv qoidalariga mos ishlayotgani yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishi kerak. Ba'zi ishlab ishlab chiqaruvchilar bir necha bor Apple ushbu platformani raqobatni bostirish va o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun ishlatayotganidan shikoyat qilib keladi. Sababi, foydalanuvchilarga boshqa do‘konlar orqali ilova sotib olishga ruxsat berilmaydi.