YHQ boʻyicha jarima ballari tizimi 1-iyundan ishga tushadi

    Vazirlar Мahkamasining “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Mazkur qaror bilan Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash toʻgʻrisidagi nizom ham tasdiqlangan. Unga koʻra, qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi, baholash jadvali, jarima ballarini hisoblash hamda ushbu jarayon boʻyicha murojaat qilish tartiblari belgilandi.

    Shuningdek, avtomashinani boshqarish jarayonida yoʻl harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi tasdiqlandi. Yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.

    12 oy mobaynida yoʻl harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga ragʻbatlantirish tariqasida, keyingi davrda yoʻl harakati qoidalarini birinchi marta buzgani uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yoʻl harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima bali ayirib tashlanadi.

    Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam boʻlgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.

    Qaror shu yilning 1-iyundan boshlab Oʻzbekistonda haydovchilarning yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi ishga tushadi.

    Ushbu hujjat bilan IIVga 2025-yil 1-iyunga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda jarima ballari hisoblashning “E-jarimaball” modulini ishlab chiqish va amaliyotgan joriy qilish vazifasi topshirilgan.