Yigʻilishda koʻplab taklif va tashabbuslar qoʻllab-quvvatlandi

    Soʻng davlatimiz rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

    Jumladan, muloqotda sanoat elektrotexnika mahsulotlarini lizing asosida sotish tizimini joriy etish;

    — yillik eksporti 50 million dollardan koʻp boʻlgan korxonalarga aylanma mablagʻ uchun beriladigan kredit miqdorini oshirish;

    — foyda soligʻini hisoblashda korxonalarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflagan xarajatini chegirish tizimini takomillashtirish;

    — avtomobil akkumulyatori chiqindisini utilizatsiya qilish tizimini joriy etish;

    — yangi loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy uskuna sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻning bir qismini foyda soligʻi bazasidan chegirish kabi taklif va tashabbuslar bildirildi.

    Davlatimiz rahbari tegishli vazirlik va idoralarga aytilgan fikr va masalalarni puxta oʻrganib, tegishli hujjatlar loyihalarini kiritish boʻyicha topshiriq berdi.

    Yigʻilish davomida tarmoq va hududlar rahbarlarini hisobotlari tinglandi.