– Bugun mening ham farzandim muddatli harbiy xizmatga yoʻl olyapti. Mana shu yerdagi barcha onalar qatori bugun men uchun ham quvonchli kun. Farzandimning muddatli harbiy xizmatga yoʻl olishi menga 8-mart bayramiga sovgʻa boʻldi, – deydi Qiziriq tumanidan kelgan chaqiriluvchi Shohqambar Usmonovning onasi Nargiza Nomozova.

– Tibbiy koʻrikning tuman bosqichidan oʻtganimdan soʻng menga keyingi bosqich, yaʼni jismoniy tayyorgarlik yoʻnalishi boʻyicha nazorat sinov mashqlari topshirim kerakligini aytishganlarida, juda xursand boʻldim. Chunki men muddatli harbiy xizmatga yoʻl olish uchun birinchi qadamni bosib oʻtganligimni his qildim va jismoniy tayyorgarlikdan ham yuqori natijalarga erishib, kuch tuzilmalaridan suhbat qilish uchun kelgan harbiy akalarimiz suhbatlaridan oʻtdim. Sinovlarning barchasidan oʻtib, bugun Vatan oldidagi burchimni bajarish uchun xizmatga yoʻl olmoqdaman. Mana shu safda turgan yigitlar bilan oldimizga qoʻyilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarib qaytishga soʻz beramiz, – deydi Denov tumani mudofaa ishlari boʻlimidan chaqirilgan Azizbek Jumayev.

Tadbir yakunida chaqiriluvchilar uchun bayramona tushlik tashkil etildi. Nuroniy otaxonu onaxonlar yigitlarning sogʻ-salomat xizmatni oʻtab, yaqinlari bagʻriga yorugʻ yuz bilan qaytib kelishlarini tilab duo qilishdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV,

Termiz garnizoni