Yigitning mardi mana shunday boʻladi

    “Baʼzi odamlar menga telefon raqami orqali pul yuborishni boshladi. Bu meni bezovta qilmoqda. Oʻzim ishlab topolmagan pulni olishni istamayman”, – deya qahramonligini mardlarcha isbot etayotgan bu yigit yuqorida tilga olingan odam sotuvchilarga ibrat boʻlsa qani edi...

    Ayrim nopok, pul ilinjida yovuzlikdan-da qaytmaydigan kimsalar kimlarningdir farzandlarini oʻgʻirlab, katta pul evaziga qaytarish sharti bilan nafsini toʻydirayotgan bir paytda Vyetnamlik bir kuryer yigit 2 yoshli qizchani qutqarib qolishdek qahramonlikka qoʻl urdi.

    “The Guardian” nashrining xabar berishicha mashinada oʻtirgan yigit bola yigʻisi va ayol baqirigʻini eshitib, mashina oynasidan qaraganda, deyarli 50 metr balandlikda turgan bolani koʻradi.

    Kuryer mashinadan tushib, binoga yaqinlashadi. Qizcha qulaganida shoshib qolgan boʻlsa-da, qoʻllarini imkon qadar choʻzib, qizchani ushlab qolishning uddasidan chiqqan qahramon “Baxtimga, chaqaloq mening quchogʻimga tushdi. Men uni quchoqladim, keyin uning ogʻzidan qon ketayotganini va juda qoʻrqqanini koʻrdim”, – dedi.

    Qizcha kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar mahalliy ommaviy axborot vositalariga maʼlumot berishicha, qizchaning oyogʻi chiqib ketgan, bundan boshqa jarohat olmagan. Qutqaruvchining esa qoʻl mushaklari choʻzilgan.

    Eng quvonarlisi, kuryer buning uchun hech kimdan hech narsa talab qilmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida uni qahramon deb atashayotgani ham yoqmayapti unga. Aksincha, Ngok Man bunday vaziyatda har kim ham shunday qilishi mumkinligini aytmoqda.

    “Baʼzi odamlar menga telefon raqami orqali pul yuborishni boshladi. Bu meni bezovta qilmoqda. Oʻzim ishlab topolmagan pulni olishni istamayman”, – deya qahramonligini mardlarcha isbot etayotgan bu yigit yuqorida tilga olingan odam sotuvchilarga ibrat boʻlsa qani edi...