Xotin-qizlarga oliygohda oʻqish uchun foizsiz kredit ajratish, magistraturada bepul taʼlim olish tizimi joriy etildi. Bugun talabalarning 53 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda, shu yilning oʻzida 1 million 700 ming ayol ishli boʻldi.
Buni davom ettirib, “Raqamli avlod qizlari” dasturi doirasida 50 ming nafar qizlar axborot va moliya texnologiyalari, sunʼiy intellektga oʻqitiladi.
«Xotin-qizlar jamiyatning barcha boʻgʻinlarida oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish doimiy eʼtiborimiz markazida boʻladi.
Kelgusi yildan mehnat bozorida ayollar uchun teng sharoit yaratish maqsadida ijtimoiy sugʻurta tizimi qamrovini keskin oshiramiz. Bu ularning kambagʻallikka tushib qolmasligini kafolatlaydi», — dedi Prezident va barchani kelgusi yilda Namanganda oʻtadigan Osiyo ishbilarmon ayollar forumiga taklif qildi.









