Qayd etilishicha, shu yilning I-choragi davomida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 19 646 nafar shaxsga nisbatan 15 681 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilgan va 108 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.
Shuningdek, sudlangan shaxslar soni 15 369 nafarni tashkil etib, shundan 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 10 319 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 286 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol, 6 066 nafari yoshlar (shu jumladan 702 nafari voyaga yetmagan) va 601 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanganligi munosabati bilan 2042 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 8 181 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 2 746 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 3 765 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
Kafolat xatlari asosida 27 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.
Yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 3429 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. 2 ming 706 nafar shaxsga nisbatan 2 ming 64 ta jinoyat ishi apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan. 92 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari bekor qilinib, 825 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari oʻzgartirildi.
1523 nafar shaxsga nisbatan 1330 ta jinoyat ishi kassatsiya tartibida koʻrib chiqildi. 115 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari bekor qilinib, 475 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari oʻzgartirildi.
1598 nafar shaxsga nisbatan 1360 ta jinoyat ishi taftish tartibida koʻrib chiqildi. 46 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari bekor qilinib, 268 nafar shaxsga nisbatan sud qarorlari oʻzgartirildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 286 nafar shaxsga nisbatan 240 ta jinoyat ishi taftish tartibida koʻrib chiqildi. 58 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan quyi sud qarorlari bekor qilinib, 87 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.








