Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun soat 12:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.
Aytish joizki, bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt boʻlgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.
Maʼlumki, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yili Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
2024-yili 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qilgan boʻlsa, 2025-yilda barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10,5 mlrd kVt⋅soatga yetdi.
Aytish joizki, 2026-yil boshidan 13-fevral kuni soat 12:30 holatiga qadar quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 396 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 604 mln kVt⋅soat, jami 1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Maʼlumot uchun: 2026-yilning boshidan bugungi kungacha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 400 mln kVt·soat yoki 40 foizga koʻp elektr energiyasiishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
- 267 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
- atmosferaga 575 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 13-fevral soat 12:30 ga qadar Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 570 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Buning natijasida:
- 400 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
- atmosferaga 863 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olindi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 5 millionta xonadonning 1,5 oylik yoki 625 mingta xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.